«Telegram» kanal

Qarshi tuman hokimi tumandagi chekka maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bordi

14:59, 18.02.24
13

Qarshi tumani hokimi Zoir Aliqulov Tallikuron mahallasida bo‘lib, qator ta’lim muassasalariga bordi. 42-maktabda mahalla faollari hamda  "mahalla yettiligi" ishtirokida ta’lim-tarbiya jarayonlarini mahalla va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda uzviy tashkil etish masalalari bo‘yicha muloqot qildi.
     Shu kuni tuman hokimi 43-maktabga borib, u yerdagi shart-sharoitlar hamda holat bilan tanishdi. Ushbu maktabdagi homiylar ko‘magi bilan ta’mirlangan zalda bo‘lib, mas’ullarga tavsiyalar berdi. Ana shunday mard tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash lozimligini bildirdi. 

Tuman rahbarining mahalladagi navbatdagi o‘rganishlari 15-sonli DMMTda olib borildi. U yerda bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
   Qator masalalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Bexruz Murodovga topshiriqlar berildi.