«Telegram» kanal

Kosondagi maktab namunaviy Vatanparvarlik yo‘nalishidagi maktabga aylantiriladi

15:17, 16.02.24
14

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Koson tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida namunaviy Vatanparvarlik yo'nalishidagi maktab tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Ushbu taklif Koson tuman hokimi tomonidan ma'qullandi. 
   Maktabda Qashqadaryo viloyati IIB mutaxassislari, tuman hokimligi, maktab ma'muriyati, homiylar hamkorligida keng ko'lamli ta'mirlash, obodonlashtirish, o'quv zallari va xonalarni vatanparvarlik ruhida jihozlash, namunali chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani xonasi tashkil etish ishlari olib borildi. 
Bugun Koson tumani hokimi va Viloyat IIB mas'ullari ushbu amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. 
Shuningdek, mas'ullar maktabda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasini tuzib olishdi. Ma'lum qilinishicha, namunaviy Vatanparvarlik sinfxonalari tashkil etish uchun ta'lim dargohiga mablag‘ ham ajratiladi