«Telegram» kanal

Kasbi tuman IIB boshlig‘i maktabdagi issiqlik tizimi holatini o‘rgandi

16:03, 18.02.24
12

Kasbi tuman IIB boshlig‘i O.Raximov tumandagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tuman IIB boshlig‘i maktabdagi sinfxona va kabinetlarning isitish tizimi, ahvoli ya’ni batareyalarning yaroqliligi qay ahvolda ekanligini amalda ko‘rib, mutasaddi xodimlarga yong‘in bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning asosiy qismi isitish tizimidagi e’tiborsizlikdan kelib chiqayotganligi haqida tushuncha va tavsiyalar berib o‘tdi.
Qishning har bir kuni sinovdir. Qish faslini betalafot o‘tkazish esa uning «imtihon»lariga qanchalik puxta hozirlik ko‘rilganiga bog‘liq.Buni nafaqat mutasaddi idoralar mas’ullari, balki har birimiz bir zum bo‘lsada, yoddan ko‘tarmasligimiz, tayyorgarlikni puxta qilishimiz kerak.