«Telegram» kanal

"Nuroniy" jamg‘armasi Qamashi tuman bo‘limi raisi, tuman Kengashi deputati N.Imomov nuroniylar bilan birgalikda Ibn Sino mahallasi hududida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlariga bordi.

20:05, 20.02.24
9

2024-yilning 20-fevral sanasida "Nuroniy" jamg‘armasi Qamashi tuman bo‘limi raisi, tuman Kengashi deputati N.Imomov nuroniylar bilan birgalikda Ibn Sino mahallasi hududida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlariga bordi.

83-sonli maktabda Kengash a’zolari ishtirokida ta’lim tashkilotidagi issiqlik ta’minoti, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishildi. Mahalla hududidagi navbatdagi o‘rganish 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borildi. U yerda bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar va issiqlik ta’minoti ko‘zdan kechirildi. Qator masalalar yuzasidan nuroniylar o‘zlarining takliflarini berdi.