«Telegram» kanal

Yakkabog' tumani hokimi maktab va maktabgacha ta’lim rahbarlariga shaxsiy mas’uliyatni oshirish, o‘quvchilar davomadi bilan jiddiy shug‘ullanib, nazoratni susaytirmasdan ishlarni tashkil qilish kerakligini aytd

13:33, 20.02.24
13

Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev 2024-yilning 19-fevral kuni tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari bilan onlayn "Zoom" platformasi orqali muloqot qildi.
      Muloqot avvalida tuman rahbari, xalqimiz qishning bir kuni qolsa ham qish, degan naqlni bejiz aytmagani, buning quvonchi bilan birga o‘ziga yarasha tashvishlari ham borligi, eng avvalo, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlari me’yorda isitilishi shartligini qat’iy ta’kidladi.Shuningdek, havo haroratining pasayishi sabab ijtimoiy soha ob’yektlaridagi isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, o‘quvchilar davomidi, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shaxsiy mas’uliyatni oshirib, 24 soatlik rejimda nazoratni susaytirmasdan ishlarni tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ijtimoiy soha mutasaddilariga xonalarda issiqlikni saqlash bo‘yicha zarur bo‘lgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar ham berildi.Yakunda ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash yuzasidan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga bir qator vazifalar ham belgilab berilib, yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishda oila, maktab, mahallaning hamkorligi, o‘qituvchilarning roli, yoshlarimizda ezgulik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, halollik, diyonat kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish lozimligini ta’kidladi.