«Telegram» kanal

Muborak tumanidagi "Konchilar" mahallasida sayyor sud oʻtkazildi

18:46, 20.02.24
12

   Muborak tumanidagi "Konchilar" mahallasida 2024-yilning 20-fevral sanasida sayyor sud oʻtkazildi. Ushbu sayyor sudda Jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tuman sudi raisi O.Begimqulov, tuman prokurori yordamchisi T.Mahmadustov, tuman IIB masʼullari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

    Sudda jinoiy hamda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarning ishlari koʻrib chiqildi. Shuningdek, Muborak tuman sudi raisi O.Begimqulov tomonidan sayyor sudda ishtirok etganlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilishi mumkin boʻlgan qonunga xilof qilmish uchun jazo muqarrarligi, har bir jinoyat jazosiz qolmasligi atroflicha tushuntirildi.