«Telegram» kanal

Yuksalish mahallasida sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda

10:54, 23.03.24
5

Davlatimiz rahbarining videoselektor yigʻilishida aholini daromadli qilish bo‘yicha hududlarda tomorqani ishga solish, kichik sanoat va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali aholini daromadli qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi.Bugun Nishon tumani hokimi Botir Tog'ayev, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda mahalla nuroniylari ishtirokida yig'ilish o‘tkazilib, davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga qilgan  tashriflari davomida oʻtkazgan yigʻilishlarida koʻtarilgan masalalar haqida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng mahallada yashovchi xonadon egalarining yerlariga ishlov berish ishlari boshlab yuborildi.Aholi tomorqalari samarali foydalanish eng avvalo aholini bandligini taʼminlash, daromadlari va farovonligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ichki talabni toʻliq taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.