«Telegram» kanal

“Ahvoli ogʻir” yoshlarga ijtimoiy ko'mak berilmoqda

07:43, 01.03.24
9

   Davlatimiz rahbarining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari asosida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha manzilli, aniq mezonlar asosida “mahalladan vazirlikkacha” tizimi joriy qilindi.

  Birinchi bosqichda “ahvoli og‘ir” toifasiga kiritilgan, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiboriga muhtoj yoshlar vazirlar va vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga nomma-nom biriktirildi. 
  Jumladan, Kasbi tumani prokurori o‘rinbosari Q.Qambarovga biriktirilgan "M.Ulug‘bek" mahallasida yashovchi Sh.Abdukarimova va uning ikki nafar ukasiga homiylik mablag‘lari hisobidan issiq kiyim-bosh olib berildi.