«Telegram» kanal

G‘uzorda "Bir hudud-bir mahsulot" tamoyili asosida seminar bo‘lib o‘tdi

11:47, 08.02.24
13

G‘uzorda "Bir hudud-bir mahsulot" tamoyili asosida seminar bo‘lib o‘tdi .Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish va aholi daromadini oshirishda eng samarali yo‘li yer maydonlari ajratish hisoblanadi.

  Shunga ko‘ra, "Bir hudud-bir mahsulot" tamoyili asosida G‘uzor tumani “Jonbuloq” mahallasida yashovchi fuqarolarga dalada dehqonchilik qilish uchun ajratilgan yer maydonida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

   Seminarda viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalari Kengashi raisi I.Tursunov, viloyat Karantin markazi rahbarining o‘rinbosari, tuman hokimi B.Suyunov, hokim o‘rinbosari, hokim yordamchilari. hudud raislari, fermer va dehqonlar hamda qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
  Unda dehqon xo‘jaliklari ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, exportbob mahsulotlarni etishtirish va yuqori daromadga erishish bo‘yicha batafsil ma‘lumotlar berildi.
     Shu kunning o‘zida "Jonbuloq" mahallasida yashovchi 20 nafar ishsiz fuqarolarga 1 gektardan yer maydonlari ajratib berildi