«Telegram» kanal

Mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilmoqda

09:05, 09.01.24
9

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Ana shunday manzillardan biri – Kasbi tumanidagi "Obod Neko'z" mahallasidir.  
Mazkur mahallada Kasbi tumani sektor rahbarlari, mahallalardagi “beshlik”dan iborat tuman ishchi guruhi tomonidan 11-umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda uyma-uy yurib xatlov o‘tkazish, sharoiti o‘ta og‘ir bo‘lgan oilalarning turar joylarini joriy va kapital ta’mirlab berish, mahallada joylashgan ijtimoiy obyektlarni joriy ta'mirlash, ko'chalarni asfaltlash, shag'al yotqizish hamda mahalla go'zari barpo etish kabi masalalar xususida so'z bordi. Ta'kidlanganidek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.