«Telegram» kanal

Sektor rahbarlari fuqarolar murojatini tingladi

19:39, 17.02.24
5

Aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga ijobiy yechim topish bugungi kunda har bir rahbar zimmasidadir. Shu bois yuzaga kelgan muammolarga oydinlik kiritib, masalani hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Nishon tumani hokimi Botir Tog'ayev boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida tuman xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o'tkazildi. 

   Qabul davomida fuqarolar tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarini yechimida qilgan murojaatlari o‘rganildi.Xususan, ishga joylashish, gaz ballon bilan ta’minlanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar, moddiy yordam, elektr energiyasi, yo‘l ta’miri, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, subsidiya ajratish, sog’likni tiklash, davolanish, pensiya miqdorini oshirish, firibgardan pul undirish, uy ta’miri, ishga joylashish kabi masalalar tinglanib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga joyiga borib o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rib, ijobiy yechim topishi bo‘yicha topshiriqlar berildi