«Telegram» kanal

G‘uzorda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida amaliy ishlar boshlandi

10:59, 11.01.24
8

   Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga ko‘ra, "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida G‘uzor tumanidagi Jonbuloq mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
   Ushbu mezon asosida Respublika ishchi guruhi aʼzolari, tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi, tashkilot rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida "Tuman shtabi" tashkil etilib, amaliy ishlar boshlandi.

   Unda mahalla yettiligi va boshqa mutasaddi idora vakillari bilan hamkorlikda uyma-uy o‘rganish olib borilishi, tozalikni saqlash bo‘yicha suhbat olib borilishi belgilandi.
   Shuningdek, aholi xonadonlarini tartibga keltirish, mahalla binosi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish punktini ta‘mirlash, tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish, elektr taʼminotini yaxshilash hamda boquvchisini yuqotgan oilalarga yordam berilishi rejalashtirildi.