«Telegram» kanal

"Mahalla yettiligi"ning faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

14:18, 23.02.24
12

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i A.G‘ulomov va uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Allayev ishtirokida o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘quv-seminari davomida Dehqonobod tumani mahallalarida “mahalla yettiligi”ning faoliyatini "Andijon tajribasi" doirasida yanada samarali tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ushbu seminarda tuman hokimi Akrom Sulaymonov boshchiligadigi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari va mahalla vakillari qatnashdi.

Seminarda tumanimizda “mahalla yettiligi”ning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qator ko‘rgazmali slayd ko‘rinishida tushuntirishlar berildi.  Jarayon davomida sektor rahbarlari tizimni rivojlantirish borasida oʻzlarining fikrlarini bildirishdi. Ahamiyatlisi, tushuntirilgan mavzular yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga batafsil javoblar berib o‘tildi.