«Telegram» kanal

Kitob tumanida mahalla "yettiligi" faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

19:47, 22.02.24
27

Kitob tumanida mahalla "yettiligi" faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.  Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari va islohotlari natijasida mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi.

Shu munosabat bilan mazkur yangi tizimdagi o‘zgarishlarni mas'ullarga yetkazish maqsadida Kitob tumani hokimligida mahalla "yettiligi"ning faoliyatini «Andijon tajribasi» doirasida yanada samarali taahkil etish yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi. Shu kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i A. G‘ulomov, uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i D. Allayevlar mavzu yuzasidan tegishli mas'ullarga atroflicha tushuntirish berib o‘tishdi.