«Telegram» kanal

Sektor rahbarlari fuqarolar murojaatlari tinglashdi

12:26, 02.02.24
7

   Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
  G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov boshchiligida sektor rahbarlari hamda Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va mahalla faollari fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.

  Qabulda sektor rahbarlari fuqarolarning salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy taʼmirlash masalalarida bildirgan muammolari tinglab, ijobiy yechim izladi.
  O‘z muammolariga yechim izlab kelgan 52 nafar fuqarolardan 25 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Shundan 6 ta murojaat joyida hal etildi va 12 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 9 ta murojaatni o‘rganish uchun chora-tadbir belgilanib, masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi