«Telegram» kanal

"Mahalla yettiligi"ning faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

18:56, 22.02.24
13

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i A.Gʻulomov va uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Allayev ishtirokida o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘quv-seminari davomida tumanimiz mahallalarida “mahalla yettiligi”ning faoliyatini "Andijon tajribasi" doirasida yanada samarali tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ushbu seminarda tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari va mahalla vakillari qatnashdi.
    Seminarda tumanimizda “mahalla yettiligi”ning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qator ko‘rgazmali slayd ko‘rinishida tushuntirishlar berildi.   Ahamiyatlisi, tushuntirilgan mavzular yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga batafsil javoblar berib o‘tildi.