«Telegram» kanal

MAHALLA YETTILIGI UCHUN OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI.

12:25, 09.02.24
9

Bugun Dehqonobod  tumanidagi 5- sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida  “Mahalla yettiligi” uchun oʻquv seminari oʻtkazildi. 
   Seminar dasturida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorini mazmun-mohiyati , ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish va mexanizmlarni ijrochilarga sifatli yetkazish, mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etish, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid maʼlumot berildi.

Seminarda “Yettilik tizimi”ning muhim ahamiyati, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, yangi tizim samarasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida bilim va koʻnikmalar berilib, har bir masʼulning mahalladagi oʻrni, asosiy vazifa va majburiyatlari tushuntirildi.  Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzularni oʻzlashtirish darajasi test sinovlari orqali aniqlanadi.