«Telegram» kanal

Germaniyaning "Simson Private Akademie GmbH" rahbari yakkabog‘lik yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi

11:10, 04.03.24
6

Yakkabogʻ tumani hokimligi majlislar zalida Germaniyaning "Simson Private Akademie GmbH" tashkiloti hamda «PLANETA» oʻquv markazi hamkorligida seminar tashkil qilindi.Seminarni tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, chet tillarini yaxshi bilish har bir sohada imkoniyatlarni oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shundan soʻng kompaniya direktori Max Reumschussel hamda loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedovlar tomonidan Germaniyaga Ausbildung, toʻgʻridan-toʻgʻri ishga borish va tibbiyot xodimlari uchun ishlash imkoniyatlari haqida maʼlumot beriladi.Seminar davomida ishtirokchilar Germaniyaga borish masalasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.