«Telegram» kanal

Yakkabog' tuman hokimi nemis tili kurslarida tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqot qildi

13:21, 14.02.24
16

Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan ishsiz yoshlarni Germaniya davlatiga oʻqish va ishlash maqsadida yuborish uchun nemis tili kurslari faoliyat yuritmoqda.
   Tumanimizda ham til kurslari faoliyatini boshladi. Bugun Lutfiddin Abdullayev nemis tilini oʻrganayotgan yoshlar bilan uchrashdi.  

    Suhbat davomida chet tillarini yaxshi bilish har bir sohada imkoniyatlarni oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.  Maʼlumot oʻrnida, oʻquv kurslari til oʻrganuvchilar uchun mutlaqo bepul. Nemis tilidan B1 sertifikatini qoʻlga kiritgan yoshlar Simson Private Akademiya kompaniyasi tomonidan Germaniyaga dual taʼlim shaklida ham ishlab ham oʻqish uchun yuboriladi. SPA kompaniyasi Germaniyada dual taʼlimdan soʻng, oʻrtacha 2,5-3 ming yevro miqdoridagi maosh va 3 yillik mehnat shartnomasini kafolatlaydi.