«Telegram» kanal

Germaniyada oʼqish va ishlash istagida boʼlgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

12:35, 25.01.24
10

   G‘uzor tumani hokimligi faollari zalida tuman hokimi Bekzod Suyunov, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mavlonovlar Germaniya Federativ Respublikasida ishlash va o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashdi.
    Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari, hokim yordamchilari, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi rahbari, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi, nodavlat taʼlim muassasa rahbarlari, nemis tili o‘qituvchilari hamda ishsiz va band boʼlmagan yoshlar ishtirok etishdi.
  Unda tuman hokimi 4 ta hududga Germaniya davlatiga oʼqish va ishlash maqsadida borishni istaganlar uchun 6 oy davomida bepul nemis tili kurslari tashkil etilishi maʼlum qildi.
   Shuningdek, nemis tilidan B1 sertifikatini qoʼlga kiritganlar Germaniyaning Simson Private Akademie (SPA) kompaniyasi tomonidan bir vaqtning o‘zida ishlash va oʼqitilishi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.