«Telegram» kanal

Hokim maktablar faoliyati bilan tanishib, bir qator mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga bag’ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdi

10:59, 12.03.24
8

    Kecha, Yakkabog‘ hokimi Lutfiddin Abdullayev birinchi sektor hududidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilar davomatini o‘rganib, taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbat olib bordi. Unda mas'ullarga asosiy eʼtiborni maktablarga mahalla, keng jamoatchilik birga kirib borishga qaratish lozimligi, masʼuliyatni yanada oshirib, har bir oʻquvchining ota-onasi bilan yanada yaqin boʻlib ishlash kerakligi, tarbiyasi va oʻqishida muammo boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan uyiga borib suhbatlar o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi. Oʻquvchilar bilan boʻlgan suhbat davomida tuman rahbari ularning kelajakdagi rejalari va orzulari bilan qiziqib, ularga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun oʻz ustida yanada koʻproq ishlashi, kitob oʻqishi kerakligini taʼkidladi.

   Shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash yuzasidan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlariga bir qator vazifalar ham belgilab berilib, yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishda oila, maktab, mahallaning hamkorligi, o’qituvchilarning roli, yoshlarimizda ezgulik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, halollik, diyonat kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish lozimligini ta'kidladi.
   Tuman rahbari shu kunning o‘zida bir qator mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga bag’ishlangan uchrashuvlar ham o‘tkazdi. Unda kriminogen vaziyat barqarorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi ta’minlash borasida “mahallabay”, “fuqarobay” ishlarni olib borayotgan beshlikning faoliyati, jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlari tinglandi.