«Telegram» kanal

Yakkabog'da o‘tkazilgan hokimning yoshlar bilan uchrashuvi fuqarolar qabuliga ulanib ketdi

15:29, 16.02.24
15

 
«Paxtakor» mahallasida Yakkabogʻ hokimi Lutfiddin Abdullayev boshchiligida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.


Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.


Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar tinglandi. Koʻpchiligi shu yerning oʻzida hal etildi va baʼzilariga belgilangan muddat bilan masʼullar biriktirilib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.


Tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi fuqarolar qabuliga ham ulanib, har bir murojaatning amaliy ijrosi boʻyicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.