«Telegram» kanal

Pilla agronomlari va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi

18:53, 22.02.24
12

Yakkabog‘ hokimi Lutfiddin Abdullayev pilla agronomlari va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan dolzarb masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.  Unda joriy 2024 qishloq xo‘jalik yilining dastlabki hosili – pilla xom ashyosini yetishtirish maqsadida pillachilik tarmog‘iga ega fermer xo‘jaliklarida mavsum yumushlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi,
yerdan samarali foydalanish hamda pilla shartnomalarini tuzish, pillakorlar o‘z ixtiyorlaridagi tut plantatsiyalarida bahorgi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirishi, ipak qurti boqish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, qurtxonalarda ta’mirlash, ohaklash kabi mavsumoldi tadbirlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tildi.

    Shuningdek, 2024 yil hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan yer tekislash ishlari olib borish, fosfor bilan chigit ekishni tashkil etish, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida tut, tok va terak ko‘chatlarini ekib, asalarichilikni yo‘lga qo‘yish, ammofos zaxirasini yaratish, ariqlarni betonlashtirish, pilla mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’miri, suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, zarur ozuqalarni vaqtida berish va mavjud g‘alla ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalarda ishlarni jadallik bilan olib borish lozimligi ham ta’kidlandi.