«Telegram» kanal

Maktablar faoliyati o‘rganilmoqda

13:13, 15.02.24
12

Yakkabog‘ hokimi o‘rinbosari Fozil Xidirov umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilar davomadi, issiqlik tizimi kabi masalalarni o‘rganib, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilan suhbat olib bordi. 
Unda masʼuliyatni yanada oshirib, har bir oʻquvchining ota-onasi bilan yanada yaqin boʻlib ishlash kerakligi, tarbiyasi va oʻqishida muammo boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan uyiga borib suhbatlar o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi. 

Shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash yuzasidan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlariga bir qator vazifalar ham belgilab berilib, yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishda oila, maktab, mahallaning hamkorligi, o’qituvchilarning roli, yoshlarimizda ezgulik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, halollik, diyonat kabi umuminsoniy fazilatlarni shakillantirish lozimligini ta'kidlandi.