«Telegram» kanal

Targ'ibot va hamkorlik

20:16, 10.02.24
9

Tumanda maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish yuzasidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Nishon tumani bosh mutaxassisi Gulzoda Yakubova, mahallaning masʼul xodimlari bilan 2-umumta'lim maktabida o'quvchilarining ota-onalari ishtirokida "Mahalla-oila-maktab" targʻibot gʻoyasi asosida "Farzand tarbiyasi yoxud jaholat ostonasi" mavzusida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda buzgʻunchi gʻoyalarni oʻquvchi yoshlar orasida tarqalishini oldini olish, internet ijtimoiy tarmogʻidan toʻgʻri foydalanish, kitobxonlik kabi mavzularda suhbat olib borildi. Shuningdek, darsga muntazam kelmaydigan uquvchilar, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning ota-onalari Bilan tanqidiy xato va kamchiliklari yuzasidan ogohlantirildi. Ushbu yigʻilish davomida ota-onalarni ijobiy maʼnaviy immunitet hamda ularda farzand tarbiyasida muhim tavsiyalar berilib oʻtildi.