«Telegram» kanal

Tuman hokimi navbatdagi jinoyatchilik muhokamasini oʻtkazdi

19:24, 18.02.24
8

Nishon tumani hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish  borasida har hafta davomida fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, muloqotlar oʻtkazilmoqda.Bugun Qirqquloch hamda Balxiyak mahalla fuqarolar yigʻinida tuman hokimi Botir Tog'ayev tomonidan mahalla nuroniylari va fuqarolar ishtirokida 2023-yil mobaynida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi .

   Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.
  O’tkazilgan muxokamada Nishon tuman hokimi Botir Tog'ayev mahalla hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni tahliliy ma'lumotlar asosida batafsil o’rganish hamda kelgusida jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha tizimli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan aniq taklif berib oʻtdi. Uchrashuvlarda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishga kelishib olindi, tavsiyalar berdi.