«Telegram» kanal

Mast holda avtomobil boshqarish — oʻzi va atrofdagilar salomatligiga befarqlikdir!

08:53, 07.01.24
5

Yoʻllarda mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar boʻyicha doimiy ravishda reydlar oʻtkazilmoqda.Xususan, Kasbi tuman IIB YHXB tomonidan o'tkazilgan reyd davomida tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro A.A boshqaruvidagi "Nexia-1" avtomobili to'xtatilib tekshirilganda haydovchi mast holatda ekanligi aniqlangan va sudning qarori bilan 15 "sutka" ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
     Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarishi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMning yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.