«Telegram» kanal

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda targ‘ibot tadbirlari alohida o‘rin tutadi

11:52, 07.03.24
6

Bugun mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Chunki, sodir bo‘layotgan yo‘l-transport  hodisalari natijasida insonlar hayotdan bevaqt ko‘z yummoqdalar, ularning orasida yosh bolalarning borligi esa yana-da ayanchli holdir.

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda targ‘ibot va tashviqot tadbirlari ham alohida o‘rin tutadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, Kasbi tumani IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda doimiy ravishda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, Kasbi mahallasida bo'lib o'tdi. Bunda bolalarning yo‘llarda harakatlanishlari, maktabga kelib-ketishlarida eʼtiborli bo‘lishlari tushuntirildi. Yo‘l belgilari, svetafor ishoralari hamda piyodalar o‘tish yo‘laklaridan foydalanish qoidalari haqida batafsil maʼlumot berildi.