«Telegram» kanal

Onlayn radar qurilmasi o'rnatildi

14:28, 23.02.24
32

Yoʼllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilayotgan yoʼl-transport xodisalarini barvaqt oldini olish maqsadida Dehqonobod tumani hududidan oʼtuvchi "Avariya o'chog'i" hisoblangan M-39 avtomobil yo'lining 1291 km.da tezlikni nazorat qilish maqsadida onlayn radar qurilmasi o'rnatildi.  Bundan tashqari, harakat qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu qayrilib olish joyi sun’iy yoritildi.
Barcha haydovchilardan yo'l qoidalariga rioya etishlarini, tezlikni belgilangan me'yordan oshirmagan holda harakatlanishlarini so'raymiz.
    Masofa va tezlik meʼyorlariga rioya qiling!