«Telegram» kanal

Ayanchli yo'l-transport hodisasi muhokama etildi

11:19, 15.03.24
6

Kasbi tumani Xo'jaxayron mahallasida tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev, tuman IIb boshlig'i Otabek Raximov hamda mahalla faollari ishtirokida mahalla hududida sodir bo‘lgan ayanchli YTH muhokamasi bo‘lib o‘tdi.Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 8-mart kuni Xo'jaxayron mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Haydovchi tezlikni me'yordan oshirishi oqibatida boshqaruvni yo'qotgan. Natija esa ayanchli yakun topgan. 

Yo‘l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini oshirishda nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari, balki ta’lim tizimi, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoat tashkilotlari vakillari muhim rol o‘ynashi zarurligiga e’tibor qaratish lozim. Bundan tashqari, huquqiy nigilizmga barham berish, huquqiy ongni yuksaltirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash targ‘ibotini kuchaytirish har qachongidan-da dolzarbdir.