«Telegram» kanal

Kasbi tumanida “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” munosabati bilan profilaktik tadbirlar olib borildi

08:50, 07.01.24
8

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi 701-sonli qaroriga asosan haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Kasbi tumani IIB YHXB tomonidan navbatdagi profilaktika tadbirlar tashkil etildi. 
   Xususan, tuman IIB JXX YHXB inspektori katta serjant Ulmas Xayitovning yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Muloqotlar davomida, yo‘l qoidalariga rioya etish, tezlikni oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtomobil boshqarmaslik, shuningdek, yo‘lovchi tashish davomida haydovchilar o‘zlari bilan birgalikda  yo‘lovchilar uchun ham masʼul ekanliklari, avtomashinaning texnik sozligiga eʼtiborli bo‘lish, rulda telefondan foydalanmaslik eslatib o‘tildi.