«Telegram» kanal

Kasbida sohil bo'yi mintaqa zonasida noqonuniy qurilish qilgan shaxsga chora ko'rildi

11:25, 14.03.24
9

Kadastr agentligining Kasbi tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida  “Mustaqilobod” MFY, A.Navoiy hududida 0,08 gektar yer maydonini fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olgani va noqonuniy qurilish qilganligi holati aniqlangan. Ushbu qurilishlarga nisbatan fuqaroda hech qanday asosli hujjatlar mavjud emas. Shu bois yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda qurilish qilgan shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorida jarima jazosi qo'llanildi.Bugungi kunda mazkur yer maydonidagi noqonuniy qurilish bartaraf etildi.