«Telegram» kanal

Muborak tuman hokimi maktab direktorlari bilan "Zoom" platformasi orqali muloqot qildi

20:43, 18.02.24
11

2024-yilning 17-fevral kuni Muborak tumani hokimi Muxtor Xayitmuradov tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari bilan onlayn "Zoom" platformasi orqali muloqot qildi. Tahliliy ruhda o‘tgan muloqot davomida birinchi navbatda o‘quvchi va o‘qituvchilarning xalqaro hamda milliy sertifikat olish ko‘rsatgichlari ko‘rib chiqildi. 
Ma’lum bo‘lishicha, joriy 2023-2024-yilgi o‘quv yilida tumandagi 8, 16, 18, 20, 23, 26, 27, 29, 31 hamda 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi birorta ham o‘quvchi xalqaro hamda milliy sertifikat olmagan. Shuningdek, 23 va 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi birorta ham o‘qituvchi mavjud 10 turdagi fanlardan xalqaro va milliy sertifikat olmagan.

Tuman hokimi yuqorida qayd etilgan maktablarda agar ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa, shuningdek, o‘quvchi hamda o‘qituvchilar ham sertifikat olish masalasiga alohida e’tibor qaratilmasa, unda ayrim maktab direktorlari o‘rniga bilimli, salohiyatli kadrlarni ishga olish masalasi ham ko‘rib chiqilishiga to‘xtalib o‘tdi.