«Telegram» kanal

Qish mavsumida ijtimoiy soha ob’yektlarining tun-u kun barqaror ishlashi sektor rahbarlarining doimiy nazoratida

13:09, 18.02.24
27

Yakkabog‘ hokimi Lutfiddin Abdullayev boshchiligidagi sektor rahbarlari tuman tibbiyot birlashmasidagi markaziy shifoxonada bo‘lib, tungi soatlarda isitish tizimlarining sozligi bilan tanishishmoqda. 

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasidagi shoshilinch tez tibbiy yordam, bolalar shifoxonasi hamda tuman tug‘ruq komplekslarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holatlari, bemorlar davolanayotgan xonalardagi xaroratning me’yorda ekanligini nazorat qilinmoqda.
    Ayni vaqtda sektor rahbarlari «Eski Yakkabog‘» hududidagi tuman shifoxonasida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmon ta’minoti, xonalardagi issiqlik tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borishmoqda.