«Telegram» kanal

Dehqonobod tumanida sayyor sud oʻtkazildi

12:56, 07.02.24
16

Jinoyat ishlari boʻyicha Dehqonobod tuman sudi raisi Nizomjon Mahmudov raisligida sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Sudda yoshlar va faollar ishtirok etishdi. Maʼmuriy va jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etgan bir nechta fuqarolar ustidan ochilgan sud ishlari koʻrib chiqilib, ularga tegishli tartibda, qonun doirasidagi jazolar belgilandi. 
  Qayd etish joiz, tumanimiz hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kuni mahkumlarga jazo oʻtash tartibi, belgilangan qoidalarga toʻliq rioya qilganlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan yengilliklar hamda jazodan boʻyin tovlashning huquqiy oqibatlari ham tushuntirildi