«Telegram» kanal

Dehqonobodda "Sogʻlom hayot” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazildi

09:17, 03.02.24
10

Dehqonobod tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida "Sogʻlom hayot" profilaktik tadbiri  va davra suhbati oʻtkazildi.Tumaning 2-sektor hududida joylashgan "Boʻston MFY" da tashkil etilgan ushbu tadbir tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, prokuratura va Ichki ishlar organlari xodimlarni hamkorligida 14-30 yoshdagi bolalar ishtirok etishdi. 
Mazkur tadbir doirasida davra suhbatlari, oʻquv seminarlari, uchrashuvlar tashkil etildi.

Mutaxassislar yoshlar sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlari, sport bilan shugʻullanishi, yaratilgan sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda dunyoqarashini kengaytirish lozimligini aytib oʻtishdi. Ushbu tadbirlarda 300-ga yaqin umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, ishtirok etishdi.