«Telegram» kanal

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi

09:27, 01.02.24
12

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida quyidagi masalalar boʻyicha hisoboti va axboroti koʻrib chiqildi:


1. 2023-yil IV-chorak mobaynida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi F.Nurmatovning hisoboti. 


2. Dehqonobod tumanida 2023-yil davomida jamoat xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyat, jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokamasi boʻyicha tuman IIB boshligʻi Gʻ.Haydarovning hisoboti. 


3. Dehqonobod tumanida 2023-yilning 12 oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi inspeksiyasi tomonidan Dehqonobod tumanida amalga oshirgan ishlar boʻyicha tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi Oʻ.Joʻlliyevning hisoboti. 

4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman boʻlimi boshligʻi U.Nomozovning 2023-yil davomida faoliyatiga oid hisoboti Deputatlar tomonidan navbatdagi sessiyada koʻrib chiqish uchun qoldirildi. 


5. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida Yoshlar agentligi tuman boʻlimining hisoboti tinglandi. 


6. Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining holati boʻyicha 2023-yil IV choragi davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Dehqonobod tumani adliya boʻlimi rahbarining axborotini tinglandi. 


Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.