«Telegram» kanal

Yoshlar siyosati va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yigʻilish oʻtkazildi

12:12, 13.02.24
9

Bugun viloyat hokimi rahbarligida yoshlar
siyosati va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar
muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Yig’ilish davomi sifatida Dehqonobod tumani hokimi Akrom Sulaymonov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo'limi boshlig'i Shuhrat Sanaqulov hamda tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Musurmon Bo'rievlar tomonidan hokim o'rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy soha,
iqtisodiyot, ijtimoiy soha tashkilotlari rahbarlari, barcha mahallalarga biriktirilgan
huquq-tartibot va mudofaa organlarining mas’ul hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida tanqidiy va tahliliy muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
   Yig'ilish davomida tuman hokimi yo'l qo'yilgan xatolarni tanqid qilib, kelgusida qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan soha mas'ullariga topshiriq berdi