«Telegram» kanal

Yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

12:30, 08.02.24
9

Dehqonobod tumanining olis hududi hisoblangan “Qodir Baxshi Rahimov” mahallasida tuman hokimi aholi va yoshlar bilan uchrashdi
    Muloqot davomida tuman rahbari Akrom Sulaymonov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalarga toʻxtalib,  joriy yilda hududda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi daromadini oshirishga qaratilgan vazifalar xususida gapirib oʻtdi. Shuningdek, yoshlarning ish bilan taʼminlanishi, oʻz tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yoʻl, suv, kredit olish, sport anjomlari kabi murojaatlari tinglandi.

Uchrashuvda, ayrim yoshlarning muammolari shu joyning oʻzida hal etildi, masalan sport anjomlarini  Yoshlar ishlari agentligi tomonidan beriladigan boʻldi. Qolgan murojaatlar boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.