«Telegram» kanal

Tumanning "Bibiqorasoch" mahallasida aholining turmush sharoiti yaxshilanmoqda

13:00, 07.02.24
11

Dehqonobod tumani hokimi Akrom Sulaymonov tomonidan "Bibiqorasoch" mahallasida aholi turmush sharoiti, shu jumladan ichki yoʻllar, maktab va bolalar bogʻchasiga olib boruvchi yoʻllar holati oʻrganildi. Tuman rahbari "Bibiqorasoch" mahallasida boʻlib, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan masʼullarga topshiriq berdi. 

Bundan tashqari, tuman rahbari tomonidan har bir bajariladigan ishlar nazorat qilinadi, oʻrganish chogʻida aholi bilan muloqot qilindi, olib borilayotgan yangiliklardan mamnun boʻlgan, Nuroniy otaxon hamda onaxonlar qoʻllarini duoga ochib yurt ravnaqi, xalq farovonligini soʻrab duo qilishdi. Maʼlumot uchun, hozirgi vaqtda mahallaning  ichki koʻchalarida hashar yoʻli bilan  yoʻllarni taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi