«Telegram» kanal

Kasbi tumani hokimi chet eldagi yoshlar bilan onlayn muloqot olib bormoqda

13:20, 16.02.24
9

Ayni daqiqalarda Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyevning chet el davlatlarida ta'lim olayotgan va ishlayotgan kasbilik yoshlar bilan onlayn muloqoti bo'lib o'tmoqda.Tuman rahbari onlayn muloqotda ishtirok etayotgan yoshlar bilan suhbatlashish barobarida ularning muammolari va takliflarini tinglamoqda, koʻtarilgan masalalarni shu joyning oʻzida masʼullar bilan birgalikda muhokama qilib, ijobiy yechim topish yuzasidan tegishli topshiriqlar bermoqda. Har bir murojaat shaxsan tuman hokimi tomonidan qatʼiy nazoratga olinmoqda .
Onlayn suhbatda Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Turkmaniston, Turkiya, Koreya singari mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etishmoqda.