«Telegram» kanal

Hokim va yoshlar: Akrom Sulaymonov Oqirtma yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

09:35, 27.01.24
10

Tuman hokimi Akrom Sulaymonov “Oqirtma ” mahallasida boʻlib, yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda yoshlarning kredit, subsidiya, ishsizlik, xorijiy tillarni oʻrganish kabi murojaatlari tinglandi va murojaatlar yechimi boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi. Uchrashuv davomida yoshlarning kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun tumanda yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha masʼul tashkilot vakillari tomonidan maʼlumotlar berildi. 

 "Yaratilayotgan imkoniyatlardan yoshlar unumli foydalanishlari zamon talabi dunyo tezlashib ketgan, oʻrgangan, intilgan, izlangan yoshlar bugun ertangi kunga bardam qadam, yana bir bor aytaman, yoshlar kelajak hayotiga real boqishi kerak, barcha yoshlar ham "OTM"larga oʻqish imkoniga ega emas, ular hunarni puxta egallashlari kerak", —dedi tuman hokimi. 


Uchrashuv soʻngida hokim berilgan topshiriqlar yuzasidan nazoratni shaxsan oʻzi olib borishini taʼkidladi.