«Telegram» kanal

Mahallada duv-duv gap ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari Dehqonobod tumanidagi "Aerodrom" mallasida ham ko‘taringi ruhda bo‘lib o‘tdi.

10:44, 06.01.24
12

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Dehqonobod tumanidagi barcha mahallalarda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Tashkilotchilar hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ziyolilar aholi vakillari bilan uchrashib, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berishdi.