«Telegram» kanal

Tomorqadan unumli foydalanish – hosildorlik garovi

10:31, 27.03.24
8

Bugun Nishon tumani hokimi Botir Togʻayev erta tongdan “Shirinobod” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.Tomorqa rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni taʼminlashning samarali yo‘lidir. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmush farovonligini taʼminlashdagi o‘rni beqiyos.

Ushbu mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mamatov Alisher ham o‘z tomorqasida 23 sotixli yer maydoniga kartoshka piyoz, sarimsoq piyoz, karam, koʻkatlar ekib, tomorqasidan samarali foydalangan holda moʻmaygina daromad olmoqda.Tuman hokimi aholi xonadonlarida uyma-uy yurar ekan, mahalla aholisining tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berib, bo'sh turdan yer maydonlaridan daromad olish borasida maslahatlar berib oʻtdi.