«Telegram» kanal

Viloyat hokimi Murotjon Azimov G‘uzor tumanidagi mahallada bo‘ldi

11:11, 24.03.24
5

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov G‘uzor tumani "Dashtobod" mahallasida bo‘lib, aholi uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish borasida ishlar bilan tanishdi.Viloyat hokimi o‘rganish ishlari davomida keksa nuroniylar bilan uchrashdi.
  Nuroniylar Prezidentimiz tomonidan "Inson qadri uchun" tamoyili asosida yaratilgan sharoitlardan mamnun bo‘lishib, shukronalik keltirishdi.Shuningdek, viloyat hokimi fermer xo‘jaligi raislari bilan ham uchrashib, joriy yilgi rejalar, dala madaniyatiga amal qilgan holda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari haqida suhbatlashdi hamda fermerlar takliflarini tingladi.