«Telegram» kanal

Tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalaniladi

10:51, 18.03.24
8

So‘nggi yillarda mamlakatimizda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sh.Ashirov rahbarligida Kasbi tumani hokimligida tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlikni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muhokama davomida tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish, tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, ishsizlikni to‘liq bartaraf etish, ayniqsa xotin -qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning kelgusidagi vazifalari belgilab berildi.