«Telegram» kanal

Viloyati prokurori Bektosh Sayipov Nishon tumanidagi “Balxiyak” mahallasida boʻlib, aholining tomorqadan maqsadli foydalanish va bu borada olib borilayotgan ishlarning holati bilan tanishdi.

10:29, 27.03.24
9

Mazkur jarayonda xonadonlar birma-bir oʻrganilib, oʻz tomorqasida   poliz mahsulotlari, turli gul va daraxt koʻchatlari yetishtirayotgan aholi vakillarining faoliyati koʻzdan kechirildi.   Shuningdek, qarovsiz qoldirilgan hamda foydalanilmayotgan tomorqa egalari bilan ham suhbat olib borilib, serunum yerni boʻsh qoldirmaslik, tomorqadan oʻz vaqtida samarali foydalanib, har bir qarich yerni daromad manbaiga aylantirish boradagi tushuntirish, targʻibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish boʻyicha zarur topshiriq va koʻrsatmalar berildi.