«Telegram» kanal

Aholi xonadonlaridan daromad manbaigacha

09:44, 26.03.24
9

Davlatimiz rahbarining mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish bo`yicha bergan topshiriqlari orqali xalqimiz turmush-tarzi o`zgarib, farovonligi ortmoqda.Jumladan, Kitob tumanida ham bunday tumandoshlarimiz safi talaygina. Bugun tuman hokimi Uktam Pardayev "Mustaqillik" MFYda bir nechta ana shunday fuqarolarimiz xonadonlarida bo`lib, ularning yashash va ish-faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.

 Bular "Asl yog`i" brendi ostida dog`langan zig`ir yog`i ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi "To`raqulov Shukurullo Abdullayevich" oilaviy korxonasi, o`z tomorqasidagi 1 sotixli issiqxonada gulchilik sohasi bilan shug`ullanib, yiliga 35-40 million so`m daromad qilayotgan Norbibi Xidirova hamda qo`ychilik bilan shug`ullanayotgan dastlab, 5 ta, hozirda esa ularning sonini 40 taga yetqazgan Zilola Asomova xonadonlari. Tuman rahbari har bir xonadon egalari  bilan suhbatlashish chog`ida bu kabi yaratilgan imkoniyatlar eng avvalo Muhtaram Yurtboshimizning olib borayotgan odilona siyosatlari samarasi ekanligi, qolaversa, mahalla tizimini yangidan isloh qilish orqali hokim yorchamchilari lavozimini joriy etishlari va bu joylarda o`z samarasini berayotganligini bildirib o`tdi.Shu kuni hududdagi 7-DMTT ham e`tibor markazidan chetda qolmadi.