«Telegram» kanal

Issiqxonani daromad manbaiga aylantirgan tadbirkor ayol

10:38, 01.03.24
12

   Shahrisabz shahar “Uymovut” MFYda yashovchi tadbirkor Lobar Jabborova issiqxonada pomidor yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2023-yili hokim yordamchisi Gullola Mirzayevaning tavsiyasiga asosan unga 22 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratilgan edi. Tadbirkor ushbu mablag‘ evaziga tomorqasidagi issiqxonanini zamonaviy isitish uskunalari o‘rnatib, pomidor ko‘chatlari ekkan. Ayni paytda hosilga kirgan pomidorlardan yaxshigina daromad kelmoqda.