«Telegram» kanal

Yurtimizda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni ortib bormoqda

09:25, 28.03.24
8

Hozirda mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga chorvachilikda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yyayotgan hamyurtlarimiz talaygina.
   Jumladan, Kasbi tumani “Mug‘lon” mahallasida istiqomat qiluvchi Nuriddin Boqiyev Germaniyadan 60 bosh simmental va avlikol zotli qoramol olib kelib, parvarish qilmoqda. Bu esa aholi xonadonlarida naslli qoramollar bosh sonini ko‘paytirish, chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish hamda sifatli go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tadbirkor xonadonida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. "Chorvachilikni rivojlantirish uchun Germaniya davlatidan yana zotli qoramollarni keltirib, ularning sonini 100 boshga yetkazish niyatimiz bor. Bir oyda o‘rtacha 1,5 tonna sifatli go‘sht mahsulotlarini ichki bozorga yetkazib bermoqdamiz." - deydi tadbirkor Nuriddin Boqiyev.